Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Pompeo: AQSh Eron bilan yadro kelishuvidan chiqishi mumkin
AQSh yangi davlat kotibi Mayk Pompeoning ma'lum qilishicha, Eron bilan yadroviy dastur bo‘yicha kelishuv kamchiliklari bartaraf etilmasa, Vashington undan chiqib ketadi. Bu haqda RIA «Novosti» xabar bermoqda.
«Qo‘shma keng ko‘lamli harakatlar rejasiga keladigan bo‘lsak, bugungi kunda bu mavzu muhokama qilindi. Mening fikrimcha, u Yaqin Sharqqa tashrifi davomida ham muhokamalar mavzusiga aylanadi. Hech qanday qaror qabul qilinmadi, shuning uchun jamoa ishlamoqda, hamda ishonchim komilki, bizda prezident gapirgan narsani ta'minlab berish uchun hali ko‘plab munozaralar bo‘ladi», - deya aytib o‘tdi Pompeo Bryusselda NATO davlatlari vazirlari bilan uchrashuvdan so‘ng.
Uning shuningdek ta'kidlashicha, «AQSh prezidenti Donald Tramp kamchiliklar jiddiy to‘g‘irlanmasa, bitim xatolari tuzatilmasa, undan chiqib ketadi».
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Makron Tramp Eron bilan yadro kelishuvi bo‘yicha qanday pozitsiyada ekaniga aniqlik kiritgandi.
Mavzuga oid
08:55 / 29.06.2026
AQSh va Eron yana o‘zaro hujumlarni to‘xtatishga kelishdi
13:06 / 28.06.2026
AQSh va Eron o‘rtasida yana zarbalar almashinuvi bo‘lib o‘tdi
20:23 / 27.06.2026
“Amerikaliklar tuzoqqa tushdi” - Eron elchisi
11:40 / 27.06.2026