07:58 / 28.04.2018
5123

Tramp AQShning Al-Qudsdagi elchixonasi ochilishida shaxsan qatnashishi mumkin 

Foto: AP /Manuel Balce Ceneta

AQSh prezidenti Donald Tramp Isroilga tashrif buyurib, AQShning Al-Qudsdagi elchixonasi ochilishida ishtirok etish imkoniyatini ko‘rib chiqayotganini aytdi.   

“Men borishim mumkin. Elchixona yaqinda ochiladi”, deb aytgan Tramp Germaniya kansleri Angela Merkel bilan birgalikda bergan matbuot anjumanda. 

Tramp AQShning Tel-Avivdagi elchixonasining Al-Qudsga ko‘chirilishiga ko‘plab amerikalik prezidentlar va'da qilgani, biroq bu va'dalar amalga oshirilmaganini eslatib o‘tgan.

Isroil tomonining ma'lum qilishicha, AQSh prezidentining kuyovi va maslahatchisi Jared Kushner moliya vaziri Stiven Mnuchin bilan birga 14 mayda AQShning Al-Qudsdagi elchixonasi tantanali ochilishiga kelishini ma'lum qilgan. 

Elchixona Isroil tashkil topganining 70 yilligi kuni – 14 mayda ko‘chirilishi kutilmoqda. 

BMTning 1980 yildagi rezolyutsiyasi Isroilni butun Al-Qudsga poytaxt maqomi berilishi qonunini qabul qilgani uchun qoralaydi va Tel-Avivni shahardan barcha diplomatik missiyalarini olib chiqishga chaqiradi.

 

Top