Jahon | 11:48 / 28.04.2018
3616
1 daqiqa o‘qiladi

Tramp muxbirlik ishini buyuk kasb deb atadi

Foto: AP

AQSh prezidenti Donald Tramp o‘z faoliyatini boshlayotgan jurnalistlar bilan Oq uydagi uchrashuvida muxbirlik buyuk kasb ekanini ma'lum qildi. Bu haqda ABC News xabar bermoqda.

U uchrashuv ishtirokchilariga shunday savol bergan: «Kim muxbir bo‘lishni xohlaydi?». Ta'kidlanishicha, barcha qatnashchilar qo‘lini ko‘targan.

«Ularning bari muxbir bo‘lishni xohlamoqda, sizlar bunga ishona olasizlarmi? Bu kelajagimiz, to‘g‘rimi? Bu kelajak. Bu buyuk kasb», - degan Tramp.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Trampning shifokori jurnalistlarga noqonuniy tarzda uxlatuvchi dori bergan bo‘lishi mumkin ekani xabar qilingandi.

 

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid