Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Trampning shifokori jurnalistlarga noqonuniy tarzda uxlatuvchi dori bergan bo‘lishi mumkin
Foto: AFP
AQSh prezidenti Donald Trampning shifokori Ronni Jyekson Oq uy xodimlari va jurnalistlarga uzoq safarlarda noqonuniy ravishda uxlatuvchi hamda qo‘zg‘atuvchi dorilar bergan. Bu haqda AQShning Montana shtatidan senator Jon Tester CNN’ga xabar qildi.
Zolpidem uxlatuvchi dori vositasi uyqusizlikni qisqa muddatli davolash uchun qo‘llaniladi va xotira, tungi bosinqirash hamda ongning chalkashishini chaqirishi mumkin. Kam uchraydigan asoratlar orasida – alahlash va gallyutsinatsiyalar. Dori vositasini uzoq vaqt qabul qilish o‘rganib qolish hamda qaramlikni keltirib chiqaradi. Modafinil esa, aksincha, uyqusirashni davolash uchun qo‘llaniluvchi psixostimulyator sanalib, xavotir, uyqusizlik va kuchli allergik reaksiyalarni chaqirishi mumkin.
Dorilar AQSh hududida aylanmasi nazorat qilinuvchi 4 moddalar ro‘yxatiga kiradi. Bu ro‘yxatdan dorini bemorga yozib beruvchi shifokor AQSh Giyohvand moddalarga qarshi kurash boshqarmasi ruxsatnomasiga ega bo‘lishi lozim va preparatlarni bemorni ko‘zdan kechirgandan so‘ng tayinlashga haqli. Bundan tashqari, shifokor ro‘yxatdan u yoki bu preparatni litsenziyasi qaysi shtatda bo‘lsa, o‘sha yerda tayinlashi mumkin – Nyu-Jyersidan bo‘lgan shifokor Nyu-Yorkdan bo‘lgan bemorga retsept yozib bera olmaydi. Shuningdek, ko‘plab shtatlarda retsept bo‘yicha beriluvchi dorilarni monitoring qilish dasturlari bor va shifokor, preparatni tayinlab, bu haqdagi ma'lumotni reyestrga kiritishi kerak – aks holda bemorlar qo‘lida bir preparat uchun bir necha retseptga ega bo‘lib, turli shifokorlarga borishi mumkin.
Oq uy vakillarining ma'lum qilishicha, Jyeksonga qo‘yilgan ayblovlar yolg‘ondir.
Mavzuga oid
10:44 / 27.12.2025
Qirg‘izistonda o‘qituvchilar va tibbiyot xodimlarining oyligi 2 baravar oshiriladi
08:05 / 16.11.2025
Toza havoga boj va shifokorlarga imtiyozlar - hafta dayjesti
15:56 / 08.10.2024
Tug‘uruqxonalardagi o‘limni qanday kamaytirish mumkin? – Saudiyada ishlayotgan o‘zbek shifokori bilan suhbat
17:35 / 03.10.2024