Jahon | 20:22 / 28.04.2018
12433
2 daqiqa o‘qiladi

Turkiyaning sobiq prezidenti saylovlarga nomzodi qo‘yilmasligini ma'lum qildi  

Foto: AP

Turkiyaning sobiq prezidenti Abdulloh Gul Turkiyada 24 iyunda o‘tadigan prezident saylovlariga o‘z nomzodini qo‘ymasligini ma'lum qildi.  

“Mening nomzodim qo‘yilishi haqida gap yo‘q”, deb aytgan Gul jurnalistlarga.

Gulning aytishicha, uning nomzodini qo‘llab-quvvatlagan Farovonlik partiyasi boshqa muxolif partiyalar bilan yagona nomzod bo‘yicha kelisha olmagan. Sobiq prezident Turkiyada vaziyat og‘irligi va mamlakatda turli fikrlik kuchayganini aytgan. Gulning ta'kidlashicha, siyosatchilar “o‘z manfaatlarini davlatnikidan ustun qo‘ymoqdalar”.

Avvalroq Gul prezident saylovlarida turk muxolifatidan yagona nomzod bo‘lishi mumkinligi ta'kidlanayotgandi. Gul mamlakatga Rajab Toyyib Erdo‘g‘andan avval, 2007-2014 yillarda prezidentlik qilgan, 2002-2003 yillarda bosh vazir bo‘lgan. Gul hukmron Adolat va rivojlanish partiyasi asoschilaridan biri hisoblanadi, biroq prezident lavozimidan ketgach, partiya yuritadigan siyosatdan uzoqlashgan. 

 

Mavzuga oid