Sport | 10:29 / 28.04.2018
5508
1 daqiqa o‘qiladi

Jahon chempionatining barcha stadionlari ishga tushirildi

28 aprel kuni Rossiyaning Samara shahrida «Samara Arena» stadioni foydalanishga topshirildi.

Bu JCh-2018 uchun mo‘ljallangan va ishga tushirilgan so‘nggi stadion bo‘ldi. Inshootning ochilish marosimidan so‘ng, unda Rossiya 1-divizioni doirasidagi «Krilya Sovetov» - «Fakel» (2:1) o‘yini o‘tkazildi.

«Samara Arena»ni barpo qilish uchun 4,5 yil vaqt va 320 million dollar sarflandi. U o‘z bag‘riga 45 ming tomoshabinni sig‘dira oladi.  

Stadionda 6ta o‘yin o‘tkaziladi: Kosta-Rika - Serbiya, Daniya - Avstraliya, Urugvay - Rossiya, Senegal - Kolumbiya va 1/8 final bilan 1/4 finaldan o‘rin olgan o‘yinlar.

Eslatib o‘tamiz, JCh-2018 o‘yinlari 14 iyun - 15 iyul kunlari Rossiyaning 11ta shahri: Moskva, Kaliningrad, Sankt-Peterburg, Volgograd, Qozon, Nijniy Novgorod, Samara, Saransk, Rostov-na-Donu, Sochi va Yekaterinburgda o‘tkaziladi.

Сардор Юсупов
Tayyorlagan Сардор Юсупов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid