Armanistondagi namoyishlar yetakchisi yangi chaqiriq bilan chiqdi
Armanistondagi muxolif harakat yetakchisi Nikol Pashinyan 30 aprel kuni o‘z tarafdorlarini itoat etmaslik aksiyasini vaqtinchalik to‘xtatishga chaqirdi. Bu haqda u mitingda ma'lum qilgan, deb yozmoqda «Sputnik Armaniston».
«So‘nggi 30 kun ichida men ko‘chalar, maydonlar va o‘rmonlarda kunning 90 foizini o‘tkazdim. Hozir hech bo‘lmasa yarim kunni kabinet sharoitida o‘tkazish lozim. Ertalabdan parlamentda muhim ishim bor, u yerda barcha fraksiyalar vakillari bilan uchrashishim kerak, bu kun oxirigacha sizlarga rejalashtirilayotgan saylovlar haqida ma'lumot taqdim etishim uchun lozim», - dedi Pashinyan.
Uning so‘zlariga ko‘ra, mamlakatning turli nuqtalarida namoyishlar davom etayotganida, tinch ishlay olmaydi.
«Ertaga itoat etmaslik aksiyasining istalgan ko‘rinishini to‘xtatib turish haqida so‘rayman. Bu boshlangan ishni yakunlash va g‘alabani mustahkamlash uchun zarur», - deya qo‘shimcha qilib o‘tdi Pashinyan.
Mavzuga oid
10:10 / 09.10.2024
RF chegarachilari Armaniston va Eron chegarasini qo‘riqlashni to‘xtatadi
20:10 / 02.10.2024
O‘zbekistonlik xokkeychilar ilk marotaba jahon chempionatida ishtirok etadi
20:16 / 27.09.2024
Armaniston Boku bilan tinchlikka erishish uchun Konstitutsiyasini o‘zgartirishga tayyor
20:33 / 18.09.2024