Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Eronda Telegram taqiqlab qo‘yildi – OAV
Foto: AP Photo
Eron sudi 30 aprelda mamlakat hududida Telegram messenjeridan foydalanishni taqiqlash haqidagi qarorni qabul qildi. Bu haqda Eronning IRIB davlat telekanali ma'lum qilgan.
“Telegram dasturi yuzasidan bildirilgan turli shikoyatlarni hisobga olib va xavfsizlik talablaridan kelib chiqib, sud idoralari messenjerdan foydalanishni taqiqlab qo‘yishdi”, deyilgan xabarda.
Avvalroq Eron hukumati davlat xizmatchilariga xorijiy messenjerlar, jumladan Telegram’dan foydalanmaslikka ko‘rsatma bergan. Eronning oliy yetakchisi oyatulloh Ali Xomanaiy ham Telegram’dan foydalanishdan voz kechishini ma'lum qilgan. Hukumat Telegram o‘rniga mahalliy Soroush messenjeridan foydalanishni taklif qilgan.
Ma'lum qilinishicha, Eronda Telegram’dan 45 mln kishi foydalanadi. Eronda 2017 yilda hukumatga qarshi o‘tgan namoyishlardan keyin messenjer 2017 yil 30 dekabrda bloklab qo‘yilgandi, biroq ko‘p o‘tmay, ya'ni 2018 yil 13 yanvarda undan taqiq olingandi.
Mavzuga oid
23:44 / 28.11.2025
Eron futbol bo‘yicha jahon chempionati qur’asini boykot qilmoqchi
11:12 / 28.11.2025
Dunyodagi urushlar va O‘zbekiston: “Geosiyosat”da talabalar bilan suhbat
20:41 / 24.11.2025
«Nasaf» Osiyo Chempionlar Ligasida beshinchi o‘yinni ham yutqazdi
20:31 / 22.11.2025