Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQShda yana ikki o‘zbekistonlik bokschi ringga chiqadi
Professional boksda faoliyatini davom ettirishga qaror qilgan Bahodir Jalolovning debyut jangi muddati va raqibi aniq bo‘ldi. Bu haqda jang tashkilotchilari manbasi KUN.UZ‘ga ma'lum qilgan.
Unga ko‘ra, 5 may kuni AQShning Konnektikut shtatidagi Foxwoods Resort Casino saroyida Bahodir Jalolov o‘zining professional ringdagi ilk jangini o‘tkazadi. Uning raqibi meksikalik Ugo Truxilo bo‘ladi. Meksikalik bokschi shu kunga qadar 5ta jang o‘tkazib, ularning 4tasida g‘alaba qozongan (2 nokaut) bitta jang durang natija bilan tugagan.
Shuningdek, ushbu kechadan o‘rin olgan yana bir jangda o‘zbekistonlik boshqa bir bokschi, o‘rta vaznda (72,58 kg.gacha) ringga chiqadigan Xurshidbek Normatov (5 jang, 5 g‘alaba, 2 nokaut) ham o‘zining professional boksdagi 6-jangini o‘tkazadi. Xurshidning raqibi kolumbiyalik Ronald Montes bo‘ladi. Ronald shu kunga qadar professional boksda 26 jang o‘tkazgan bo‘lib, 18 marta g‘alaba (16 nokaut) qozongan va 8 marta mag‘lub bo‘lgan.
Mavzuga oid
18:18 / 10.05.2026
Bahodir Jalolov Angliyadagi boks oqshomida raqibini texnik nokaut bilan yengdi
10:10 / 07.10.2025
Bahodir Jalolov professional boksdagi navbatdagi g‘alabasini qo‘lga kiritdi
16:32 / 13.06.2025
Bahodir Jalolovning navbatdagi jangi sanasi va raqibi ma’lum bo‘ldi
08:07 / 06.04.2025