Jahon | 18:36 / 01.05.2018
28954
1 daqiqa o‘qiladi

Braziliyada yonayotgan osmono‘par bino ichidagi odamlari bilan birga quladi

Braziliyaning San-Paulu shahrida ichida odamlar bo‘lgan yonayotgan bino qulab tushdi. Bu haqda SBS News mahalliy OAVga asosan xabar bermoqda.

Yong‘in mahalliy vaqt bilan soat 1:30da yuz bergan. O‘t o‘chiruvchilar voqea joyiga yetib kelib, olovni o‘chirishga kirishishganida, bino qulagan. Xabar berilishicha, qulash chog‘ida binoning ichida odamlar bo‘lgan, o‘t o‘chiruvchilar osmono‘par imorat tomida insonlarni ko‘rishgan.

OAV ma'lumotlariga ko‘ra, sobiq federal politsiya uchastkasi binosi noqonuniy ravishda egallab olingan.

Dastlabki ma'lumotlarga ko‘ra, bir kishi halok bo‘ldi va yana uch inson bedarak yo‘qoldi. Bino foydalanishdan chiqarilgan bo‘lgan. 

 

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid