Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Meksikada “kelajakdan tanga” topildi
Meksikadagi qurilish maydonchalaridan birida quruvchi Diyego Avila 2039 yil bilan sanalangan tangani topib oldi. Erkak bir bo‘lak metallni topib olib, uni tozalaganidan keyin topilma tanga ekanligi aniqlangan. Bu haqda Daily Star nashri ma'lum qildi.
Eng e'tiborlisi, tangada 2039 yozuvi, nemis xochi, burgut va svastika tasvirlari bo‘lgan.
“Kelajakdan tanga”da yuqoridagi belgilardan tashqari, uchta yozuv: ikkitasi ispanchada yozilgan bo‘lib, “Yangi Germaniya” va “Mustaqillik va ozodlik”, uchinchisi esa nemischadagi “Barchasi bir millatda” yozuvi bo‘lgan. Biroq tangada uning qiymati ko‘rsatilmagan bo‘lgan.
Quruvchi tangani mutaxassislarga topshirgan, biroq ular hozircha uning kelib chiqishini tushuntirib bera olmayaptilar.
Internet foydalanuvchilari ushbu tanga videosini ko‘rib, o‘z taxminlarini bildira boshlaganlar. Kimdir tanga haqiqatan ham bizning davrga biror-bir parallel dunyodan yoki kelajakdan tushgan deb hisoblayotgan bo‘lsa, boshqalar Avilani firibgarlikda ayblashmoqda.
Mavzuga oid
23:45 / 12.06.2026
JCh boshlandi: Raul gol urdi, Eronni siqishmoqda
08:25 / 12.06.2026
JCh-26. Ochilish o‘yinida uchta qizil ko‘rsatildi
14:37 / 11.06.2026
Mundial tanishtiruvi. A guruhi haqida nimalarni bilish kerak?
17:59 / 10.06.2026