Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Tadbirkor - Toshkent shahar hokimi». Prezident Ortiqxo‘jayevning mas'uliyati haqida
Turkiya Jumhuriyati prezidenti Rajab Toyyip Erdo‘g‘anning O‘zbekistonga davlat tashrifi doirasida bugun Toshkentda O‘zbekiston – Turkiya biznes forumi ham o‘tkazildi. Unda har ikki davlat prezidentlari qatnashib, so‘zga chiqishdi.
O‘zbekiston prezidenti forumda yig‘ilgan turkiyalik tadbirkorlarga Toshkent shahrining yangi hokimi — Jahongir Ortiqxo‘jayevni tanishtirdi.

«O‘zbekiston tarixida birinchi marta, o‘zim ishongan ishbilarmonni Toshkent shahri hokimi etib tayinladim. Tarixda bunaqasi bo‘lmagan», — dedi Shavkat Mirziyoyev.
Minbarga chiqqan Toshkent shahar hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayevni yig‘ilganlarga tanishtirar ekan, prezident yana shunday dedi:
«Bu yigit ham hozirgi islohotlarni tushunadigan, byurokratiyadan yiroq, O‘zbekiston [ishbilarmonlik muhiti]ga toza havo kirishiga, investorlarni qo‘llab-quvvatlashga, Toshkent shahrining ertangi kunini tasavvur qiladigan hozirgi zamonaviy [yoshlardan]. Bu bizning aksariyat rahbarlardan farqli o‘laroq, “raykom”, [kom]partiya kabi hech qaysi byurokratik tizimda ishlab ko‘rmagan. Bu — tadbirkor. Men mana shu tadbirkorni barcha hududlarimiz ichra ulushi eng katta hudud hisoblanuvchi Toshkent shahriga — ertangi kunimizni barpo etishda faqat tadbirkorlarga ishonishim bois, [hokim etib tayinlash to‘g‘risida] qaror qabul qildim. Tadbirkor — Toshkent shahar hokimi. Shu bois endi buning (J.Ortiqxo‘jayevning) ertadan boshlab ikki karra mas'uliyati ko‘payadi. Sizlarga (turkiyalik tadbirkorlarga) Toshkent shahrida biror to‘siq [paydo] bo‘lsa — buning vijdoniga havola bo‘ladi».
Mavzuga oid
16:40 / 12.11.2025
Sobiq “Toshturma” hududi tadbirkorga berib yuborilgani ma’lum bo‘ldi. U yer xiyobon bo‘lishi kerak edi
17:42 / 04.12.2024
«Paxtakor» budjeti 100 milliarddan oshadi». Ortiqxo‘jayev qoniqarsiz natija, yangi murabbiy, Cheran va rejalar haqida
12:00 / 04.12.2024
«Paxtakor» portugaliyalik yangi bosh murabbiyini tanishtirdi
20:36 / 02.03.2024