Jamiyat | 23:09 / 01.05.2018
12117
1 daqiqa o‘qiladi

Toshkent viloyatida o‘zaro janjal odam o‘ldirish bilan tugadi

Toshkent viloyatining Oqqo‘rg‘on tumanida mudhish jinoyat yuz berdi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabar qilmoqda.

Ma'lum bo‘lishicha, 29 aprel kuni soat 23.30larda, B.Yu. va A.B. mast holda Vatanparvar ko‘chasida o‘zaro janjal oqibatida Bo‘ka tumanida yashagan R.E.ning boshi va badanining turli joylariga urib-tepib jarohat yetkazayotganlarida, ularni ajratmoqchi bo‘lgan, Z.T.ni ham urib-tepib jarohat yetkazganlar. 

Natijada R.E. kasalxonaga keltirilganida vafot etgan. B.Yu. va A.B. qo‘lga olingan.

 

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid