Jahon | 13:21 / 02.05.2018
7517
2 daqiqa o‘qiladi

AQSh bosh prokurori birinchi o‘rinbosari o‘ziga tahdid qilishayotganini bildirdi

Foto: AP Photo / Andrew Harnik

AQSh bosh prokurorining birinchi o‘rinbosari Rod Rozenstayn so‘zlariga ko‘ra, unga ham shaxsan, ham ko‘pchilikning oldida tahdid qilishgan. Bu haqda CBS News telekanali xabar bermoqda.

«Men sizlarga shuni aytishim mumkinki, menga ham shaxsan, ham ko‘pchilikning oldida tahdid qilgan odamlar bor. Mening o‘ylashimcha, ular shu orqali AQSh Adliya vazirligini shantaj qilishning imkoni yo‘qligini tushunishlari kerak», - deya aytib o‘tdi Rozenstayn.

Bunday reaksiya, katta ehtimol bilan, Rozenstaynga impichment bilan tahdid qilayotgan ba'zi respublikachi siyosatchilar bayonotidan so‘ng paydo bo‘ldi.

Bosh prokuror o‘rinbosari Rossiyaning 2016 yilda AQShdagi prezidentlik saylovlariga aralashuvi bo‘yicha ish yuzasidan surishtiruvni nazorat qiladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Rossiyaning 2016 yilda AQShdagi prezidentlik saylovlariga aralashuvini surishtiruvdan o‘tkazayotgan maxsus prokuror Robert Myuller Donald Trampni sudga chaqirtirish bilan tahdid qilgandi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid