Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Armanistonda oziq-ovqat ta'minoti bilan muammolar yuzaga kelishi mumkin
Foto: AP Photo / Sergei Grits
Armaniston davlat daromadlari qo‘mitasi yo‘llarni bloklash bilan bog‘liq siyosiy aksiya tufayli mamlakatga kiruvchi oziq-ovqat mahsulotlari joylangan yuk mashinalari yo‘lida paydo bo‘luvchi to‘siqlardan tashvishda ekanini bildirdi. Bu mamlakat oziq-ovqat xavfsizligiga tahdid solishi mumkin.
"Bojxona organlari aksiyalar ishtirokchilarini bu tashvishli dalilni inobatga olishga va bojxona xavfsizlik ta'minoti zaruratidan kelib chiqib yuk mashinalari harakatiga va ularni bojxonada rasmiylashtirishga to‘sqinlik qilmaslikka chaqiradi", - deyiladi qo‘mita matbuot relizida.
Ta'kidlash joizki, Armaniston parlamenti mamlakat bosh vaziri etib saylamagan muxolifat deputat Nikola Pashinyan tarafdorlari chorshanba kuni butun respublika bo‘ylab ko‘chalar, yo‘llar, avtotrassalar va ko‘priklarni bloklay boshlashdi.
Mavzuga oid
21:08 / 14.03.2026
O‘limni tezlashtirayotgan oziq-ovqatlar | SUBYEKTIV
09:08 / 14.03.2026
Lahor–Toshkent yo‘nalishidagi ilk yuk reysi 17 tonna go‘sht olib keldi
08:41 / 14.03.2026
Toshkent shahri oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarishda yetakchi bo‘ldi
10:51 / 02.03.2026