Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Facebook "tarixni tozalash" imkoniyatini ishga tushiradi
Facebook'da brauzerdagi "tarixni tozalash" tugmasi muqobili paydo bo‘ladi. Bu haqida ijtimoiy tarmoq asoschisi Mark Tsukerberg ma'lum qildi.
"Sizning veb-brauzeringizda cookie-fayllar va tarixni tozalashning oddiy usuli bor. G‘oya shundan iboratki, ko‘p saytlarga ishlash uchun cookie-fayllar talab etiladi, biroq sizda baribir o‘z xohishingizga ko‘ra tarixni tozalash imkoni bo‘lishi kerak. Biz Facebook uchun shunga o‘xshash narsa ishlab chiqyapmiz", - deb yozadi Tsukerberg.
Uning so‘zlariga ko‘ra, foydalanuvchi akkaunt sozlamalarida qaysi havolalarga o‘tgani va qanday saytlarga kirganiga doir ma'lumotlarni o‘chirishi mumkin.
Ijtimoiy tarmoqning matbuot xizmatida ta'kidlanishicha, "tarixni tozalash" imkoniga oylar kerak bo‘ladi. Bu vaqt ichida Facebook rahbariyati qonunchilar va regulyatorlar bilan maslahatlashuvlar o‘tkazadi.
Mavzuga oid
11:21 / 25.10.2025
Yevrokomissiya TikTok, Facebook va Instagram’da qonunbuzarliklarni aniqladi
22:04 / 07.10.2025
O‘zbekistonda Meta vakolatxonasi ochilishi mumkin
22:19 / 05.09.2025
AQShda Mark Tsukerberg bilan Mark Tsukerberg sudlashadi
08:40 / 26.03.2025