Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ochilboy Ramatov Gurbanguli Berdimuhamedov bilan muzokaralar o‘tkazdi
Foto: AZERTAC
O‘zbekiston Respublikasi bosh vazirining birinchi o‘rinbosari, «O‘zbekiston temir yo‘llari» AJ boshqaruvi raisi Ochilboy Ramatov Turkmanboshidagi xalqaro dengiz portining ochilish marosimida ishtirok etdi.
Turkmaniston davlat axborot agentligining xabar berishicha, u Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov bilan ham muzokara o‘tkazgan.
Davlat rahbari Turkmaniston tashqi siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri qo‘shni davlatlar, jumladan, O‘zbekiston bilan samarali hamkorlikni kengaytirish ekanligini ta'kidladi.
Uchrashuv davomida Turkmaniston va O‘zbekiston ikki tomonlama savdo, investitsiyalar, qo‘shma loyihalarni amalga oshirish uchun barcha imkoniyatlarga ega ekanligi ta'kidlandi. Shu munosabat bilan Turkmanboshi shahrida xalqaro dengiz portini ishga tushirishning muhimligi qayd etildi.
Portni qurish 2013 yilning avgust oyida boshlangan. U 152 gektar maydonni egallaydi va parom, yo‘lovchi hamda yuk terminallarini o‘z ichiga oladi. Yangi portning umumiy quvvati 17 million tonnani tashkil etadi.
Mavzuga oid
18:22 / 29.12.2025
Turkmanistonda «Do‘zax darvozasi» olovini o‘chirish usuli topilgani ta’kidlanmoqda
21:33 / 12.12.2025
Prezidentning Turkmanistonga amaliy tashrifi yakunlandi
23:02 / 11.12.2025
Shavkat Mirziyoyev Ashxobodda Turkmaniston prezidenti Serdar Berdimuhamedov bilan uchrashdi
21:48 / 11.12.2025