Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Prezident aholi daromadini oshirish bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi
Prezident Shavkat Mirziyoyev Chust tumanidagi “Baraka meva sanoat servis” mas'uliyati cheklangan jamiyatiga tashrif buyurdi. Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmati xabar qilmoqda.

Korxona faoliyatini 2015 yilda yong‘oq, mayiz va kovulni eksport qilishdan boshlagan. Hozirda bu yerda kungaboqar, fasol, urug‘lik kartoshka, duragay makkajo‘xori, pomidor ham parvarishlanmoqda.
Jamiyat tomonidan intensiv bog‘ tashkil etilib, eksportbop mevalar yetishtirish loyihasi amalga oshirilmoqda.
Loyihaning umumiy qiymati 9,6 milliard so‘m bo‘lib, yiliga 4 ming 600 tonna yong‘oq yetishtirish, bir yilda 40 milliard so‘mlikdan ziyod mahsulot olish rejalashtirilgan. Hosilning 70 foizini eksportga yo‘naltirish ko‘zda tutilgan.
Prezident mazkur korxona imkoniyatlari bilan tanishdi. Intensiv usulda qurilgan issiqxonani kirib ko‘rdi.
Korxonaning 17 sotixlik tajriba uchastkasida meva-sabzavotlar sinovdan o‘tkazilmoqda.
Aeroponika usulida kartoshka urug‘i yetishtirish tajribasi prezidentda katta taassurot qoldirdi. Yosh olim Sherzod Toshpo‘latov tatbiq etgan bu usul orqali an'anaviy usulga nisbatan 6 barobar yuqori hosil olish mumkin.
Davlat rahbari ushbu tajriba asosida Namanganda kartoshka urug‘chiligini rivojlantirishga doir maxsus qaror ishlab chiqish, butun mamlakatga hosildor urug‘ yetkazib berish bo‘yicha topshiriq berdi.
Shu yerning o‘zida 2018-2019 yillarda baliqchilik, parrandachilik, chorvachilik, pillachilikni rivojlantirish, tutzorlar tashkil etish, qurg‘oqchil maydonlarning suv ta'minotini yaxshilash, paxtadan bo‘shagan yer maydonlariga bozorgir ekinlar ekish, bular orqali viloyat eksport salohiyatini yanada oshirish bo‘yicha loyihalar taqdimoti o‘tkazildi.
KUN.UZ axborot manbasi xabariga ko‘ra, prezident tashrif davomida To‘raqo‘rg‘ondagi Ishoqxon to‘ra Ibrat majmuasida bo‘ladi. Uchqo‘rg‘ondagi “Uztex” yengil sanoat korxonasi faoliyati, Namangandagi “Orzu” massividagi bunyodkorlik ishlari bilan ham tanishadi.







Mavzuga oid
17:37 / 04.06.2026
Namanganda tergovchi va advokat pora bilan ushlandi
10:59 / 20.05.2026
Namanganda atrofi ochiq holatda turgan transformator ustiga chiqqan bola tok urib vafot etdi
08:24 / 20.05.2026
Farg‘ona va Namanganda yirik miqdordagi narkotik moddalar musodara qilindi
08:52 / 13.05.2026