Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
“Real” Chempionlar ligasidagi navbatdagi rekordni o‘rnatdi
Chempionlar ligasi 1-yarimfinalining javob uchrashuvida Madridning “Real”i “Bavariya” bilan 2:2 hisobida durang natija qayd qilib, 1-o‘yindagi g‘alabasi (1:2) evaziga musobaqa finaliga yo‘l oldi.
“Real” musobaqaning finaliga 7-marta chiqa oldi va bu ko‘rsatkich bo‘yicha rekordchiga aylandi. Madrid klubi 1998, 2000, 2002, 2014, 2016, 2017 yillarda finalda o‘ynagan va ularning barchasida g‘olib bo‘lgan. Bu borada undan keyingi o‘rinlarni “Yuventus” va “Milan” egallamoqda, bu klublar musobaqaning finaliga 6 martadan chiqishgan.
“Yuve” musobaqaning 1996, 1997, 1998, 2003, 2015, 2017 yillardagi finallarida ishtirok etib, shundan faqat birida – 1996 yilda g‘olib bo‘lgan. “Milan” esa Yevropa klublari o‘rtasidagi eng nufuzli musobaqasining 1993, 1994, 1995, 2003, 2005, 2007 yillardagi finallarida ishtirok etib, 3 marta g‘olib bo‘lgan (1994, 2003, 2007 yillar).
“Real” endi finalda “Roma”-“Liverpul” juftligining g‘olibi bilan o‘ynaydi. Final uchrashuvi Kiyevdagi “Olimpiyskiy” stadionida 26 mayda bo‘lib o‘tadi.
Mavzuga oid
12:14 / 08.06.2026
Peres saylovda g‘alaba qozondi
21:55 / 05.06.2026
«Real» jiddiy qayta qurish davriga kirmoqda
12:04 / 04.06.2026
«Real» tarixidagi asosiy tahdidni to‘xtatish kerak». Peresni jangga chorlagan kim?
23:45 / 31.05.2026