O‘zbekiston | 12:09 / 03.05.2018
3977
1 daqiqa o‘qiladi

AQSh elchisi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar institutiga tashrif buyurdi

Foto: Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti

O‘zbekiston Respublikasi prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar institutida AQShning O‘zbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi Pamela Spratlen bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. 

Suhbat mobaynida mamlakatimizda olib borilayotgan ijtimoiy-siyosiy va ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar, O‘zbekiston-Amerika munosabatlarining hozirgi holati va istiqbollari muhokama qilindi.

P.Spratlen O‘zbekiston rahbariyatining mamlakatda amalga oshirayotgan islohotlarini va pragmatik, faol tashqi siyosatni amalga oshirish borasidagi sa'y-harakatlarini yuqori baholadi. 

Ikki davlat munosabatlariga oid masalalarga to‘xtalar ekan, diplomat AQShning O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligi va suverenitetini mustahkamlashdan, uning iqtisodiyotini, ishbilarmonlik muhitini va xalqaro obro‘yini yaxshilashdan manfaatdor ekanini ta'kidladi. 

Amerika elchisi O‘zbekistonning Afg‘oniston iqtisodiyotini rivojlantirish va uning infratuzilmalarini tiklashga qo‘shayotgan hissasini yuqori baholadi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid