Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Germaniyaning aksariyat qiruvchi samolyotlari yaroqsiz holatda – OAV
Germaniya harbiy-havo kuchlari mamlakat qurolli kuchlarida bo‘lgan Eurofighter qiruvchilari bilan jiddiy muammoga to‘qnash keldi. Der Spiegel ma'lumotlariga ko‘ra, 128ta samolyotdan ko‘pi amaliyotlarda ishtirok etish uchun yaroqsizdir.
Muammolar qiruvchilar qanotlarida joylashgan sensorlarga aloqador, ular dushman samolyoti yaqinlashgani haqida ogohlantiradi. Nosozlik tufayli bu sensorlar kerakli tarzda sovitilmayapti, shundan so‘ng ishdan chiqmoqda.
Bundan tashqari, nashr ma'lumotlariga ko‘ra, Eurofighter uchun o‘q-dorilar yetishmovchiligi ham kuzatilmoqda. Barcha muammolar hisobga olinsa, nemislarning faqat to‘rtta qiruvchisi to‘la jangovar holatda turgani aytiladi.
Mavzuga oid
10:00
Germaniya Ukraina uchun yana 300 million yevro ajratadi
10:40 / 09.06.2026
Yevropaning yangi avlod jangovar samolyoti loyihasi to‘xtatildi
11:20 / 08.06.2026
O‘zbekiston fuqarolarini Germaniya mehnat bozoriga jalb etish kengaytiriladi
08:40 / 06.06.2026