Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Intriga intrigaligicha qolmoqda: Jeenbekov Atamboyev bilan uchrashadimi?
Ilgariroq Qirg‘iziston sotsial-demokratik partiyasining ayrim a'zolari o‘zlarining yetakchisi Almazbek Atamboyev mamlakat prezidenti Sooronbay Jeenbekov bilan uchrashishga tayyor ekanligini ma'lum qilishgan edi. Sotsial-demokratlar vaziyatni yumshatish uchun o‘z raislariga uchrashuv tomon qadam tashlashni taklif qilishgan.
Qirg‘izistonning «24.kg» axborot agentligi davlat rahbari matbuot kotibidan Sooronbay Jeenbekovning bu masalada pozitsiyasi qanday ekanligi, bunday uchrashuvni tashkil etish mumkin yo yo‘qligi, agar mumkin bo‘lsa u qachon bo‘lib o‘tishi haqida so‘rashgan.
«Qonunga ko‘ra, Qirg‘iziston prezidenti o‘z ishini partiya faoliyatidan tashqarida olib boradi. Ayni paytda prezident ichki va tashqi siyosat masalalari bilan band. Savollaringizga kelsak, eslatib o‘taman: Sooronbay Sharipovichning Almazbek Sharshenovich bilan azaliy shaxsiy munosbatlar bog‘lab turadi, ular uzoq yillardan buyon partiyadosh hisoblanadi. Biroq prezident o‘zining shaxsiy munosabatlariga izoh bermaydi», — degan Jeenbekovning matbuot kotibi To‘lg‘o‘noy Stamaliyeva.
Eslatib o‘tamiz, ikki qalin do‘st o‘rtasida sovuqlashuv mamlakat eks-prezidentining QSDP qurultoyi yakunlanganidan keyingi tanqidlari tufayli paydo bo‘lgan edi. Almazbek Atamboyev ayrim paytlari Sooronbay Jeenbekov bilan keskin ohangda gaplashishini tan olib, Xavfsizlik kengashida davlat rahbariga boshqa nutqni berishganini ta'kidlagan hamda do‘stini Asqar Akayev va Qurmonbek Bakiyev xatolarini takrorlashdan qaytargan.
Mavzuga oid
21:30 / 26.08.2022
Atamboyevga davolanish uchun Moskvaga borishiga ruxsat berilmadi
20:09 / 28.06.2022
Atamboyev tartibsizliklar to‘g‘risidagi jinoyat ishi bo‘yicha oqlandi
18:45 / 16.06.2022
Atamboyev ikkita jinoyat ishi bo‘yicha oqlandi
07:49 / 03.06.2022