Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Mirzo Ulug‘bek tumanida yo‘l-patrul xizmati xodimini mashinada urib ketishdi
Toshkent shahrining Mirzo Ulug‘bek tumanida jinoyat sodir bo‘ldi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabar qilmoqda.
Ma'lum bo‘lishicha, 2 may kuni soat 19.00larda, “Toshkent Avto Agent” MChJ haydovchisi Sh.A. o‘ziga biriktirilgan “Kobalt” rusumli avtomashinasini “Mirzo Ulug‘bek-Do‘rmon yo‘li” ko‘chalari chorrahasida haydab ketayotib, shu chorrahada xizmat olib borayotgan, YPX inspektori, kichik serjant Yu.Sultonovni urib yuborgan. Natijada kichik serjant Yu.Sultonov jarohat olib kasalxonaga yotqizilgan.
Shuningdek, 2018 yilning 2 may kuni soat 07:40larda Buxoro viloyati Romitan tumanida D.G‘. “Neksiya” rusumli avtomashinasini G‘uzor-Nukus A-380 avtomobil yo‘lida boshqarib ketayotib, yo‘lning 411 km.ga yetgan vaqtida boshqaruvni yo‘qotishi natijasida, avtomashina ag‘darilib ketgan. Natijada avtomashina salonida yo‘lovchi sifatida ketayotgan G.N. tan jarohati olib kasalxonaga yotqizilgan.