Jahon | 08:27 / 03.05.2018
4696
2 daqiqa o‘qiladi

Nigeriyadagi ikkita terakt qurbonlari soni 86 kishiga yetdi

Foto: EPA-EFE

Nigeriyaning shimolida sodir etilgan ikkita terakt qurbonlari soni 86 kishiga yetdi. Bu haqda halok bo‘lganlar dafn qilingan qabriston ishchilariga iqtibos keltirgan holda “Frans Press” axborot agentligi ma'lum qildi.  

Avvalroq 27 kishi halok bo‘lgani, 60 dan ko‘proq kishi jarohat olgani ma'lum qilingan. 

Terakt 1 may kuni Mubi shahridagi masjidlardan birida sodir etilgan. Politsiya boshlig‘i Abdulloh Yarimaning ma'lum qilishicha, bir terrorchi o‘zini peshin namozi vaqtida masjid ichida, ikkinchi terrorchi esa yaqin orada joylashgan kiyim-kechak bozorida portlatgan.

“1 may kuni biz soat 21:00gacha jasadlarni dafn etdik. Ishlar yakunlanganda 76 ta qabr bo‘lgan edi. Biz 76 jasadni ko‘mdik. Bugun (2 may) soat 15:00gacha yana 10 jasad olib kelindi va dafn qilindi. Ko‘rinishicha, bu odamlar kechasi jarohatlardan halok bo‘lishgan”, deb aytgan manbalardan biri.

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid