Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Prezident: Odil Ahmedov, Murodjon Ahmadaliyev, Oksana Chusovitinalar qaysi viloyatda bor?
Prezident Shavkat Mirziyoyevning Namangan viloyatiga tashrifi davomida Norin tumani hokimiyatida viloyat faollari, hokimlar, sektorlar rahbarlari va boshqa mutasaddilar ishtirokida yig‘ilish o‘tkazildi.
KUN.UZ muxbirining xabar berishicha, Shavkat Mirziyoyev o‘z ma'ruzasi davomida “Obod qishloq” dasturi bo‘yicha amalga oshirilgan ishlarga to‘xtalib, qishloq va mahallalarda qurilish va obodonlashtirish harakatlari bilan birgalikda aholi, ayniqsa yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilishga e'tibor zarurligini ta'kidladi.
“Qishloq va mahallalarda bolalar sportini kuchaytirish zarur, chunki farzandlarimiz bog‘chadan boshlab sportga mehr qo‘ysa, sportni ommaviyligini oshirish va seleksiya ishlari kuchayadi. Namangandan yuzlab Odil Ahmedov va Murodjon Ahmadaliyev singari taniqli sportchilar yetishib chiqqan. Yosh bolalardan: “Kim bo‘lasan?” deb so‘rasangiz, “Men Odil Ahmedov, men Murodjon Ahmadaliyev bo‘laman!” deb javob beradi. Oksana Chusovitina esa Ginnes kitobiga kiritilgan, uni butun dunyo taniydi. Yana shunday sportchilarni tarbiyalab chiqarishimiz kerak”, - dedi prezident.
Mavzuga oid
17:37 / 04.06.2026
Namanganda tergovchi va advokat pora bilan ushlandi
10:59 / 20.05.2026
Namanganda atrofi ochiq holatda turgan transformator ustiga chiqqan bola tok urib vafot etdi
08:24 / 20.05.2026
Farg‘ona va Namanganda yirik miqdordagi narkotik moddalar musodara qilindi
08:52 / 13.05.2026