Shavkat Mirziyoyev: Hokimlar qachon maktablarga kirib ma'ruza o‘qiydi?
Prezident Shavkat Mirziyoyevning Namangan viloyatiga tashrifi davomida Norin tumani hokimiyatida viloyat faollari, hokimlar, sektorlar rahbarlari va boshqa mutasaddilar ishtirokida yig‘ilish o‘tkazildi.
KUN.UZ muxbirining xabar berishicha, davlat rahbari mamlakatda paxta yetishtirish va uni chet elga sotish masalalariga to‘xtalar ekan, endi paxtani xom ashyo sifatida emas, balki qo‘shimcha qiymat bilan o‘zimizda ishlab chiqarib so‘ng sotilishi, shu yilning o‘zida har bir viloyatda bittadan klaster tashkil qilinib, sinovdan o‘tishini aytdi.
“Klasterlar bo‘lganidan keyin, tasavvur qiling viloyat va tuman hokimlarining qo‘li paxtadan bo‘shaydi - ijtimoiy soha, yoshlarning tarbiyasi, nuroniylar, adabiyotchilar, adashganlar, umuman tarbiya sohasiga e'tibor qaratadi. Ayting, hozir qaysi hokim maktabga kirib bolalarga ma'ruza qilyapti? Hech kim. Bir oyda bir marta bo‘lsa ham kirsa qani edi.
Paxtaning tannarxini hech qachon bunday ko‘tarmagan edik. Hozir 1 mln 200 mingdan 3 mln 225 ming so‘mga ko‘tardik. Chunki, dehqon dalaga chiqib mehnat qilganidan keyin manfaat topishi kerak, axir”, - dedi prezident.
Mavzuga oid
22:25 / 12.11.2024
Sud Pop tumani hokimining o‘g‘lini qamoqqa qaytardi
21:11 / 11.11.2024
Namanganda poyezd bilan to‘qnashgan Damas haydovchisi halok bo‘ldi
17:35 / 11.11.2024
Namanganda to‘yona ko‘rinishida pora olgan kadastr bo‘limi boshlig‘i 5 yilga qamaldi
09:30 / 07.11.2024