Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shimoliy Koreya AQShga josuslikda gumon qilinayotgan 3 amerikalikni qaytarmoqchi
Foto: Jeon Heon-Kyun-Pool/Getty Images)
Shimoliy Koreya hukumati Kim Chen In va AQSh prezidenti Donald Trampning uchrashuvi arafasida Vashingtonga 3 nafar amerikalikni qaytarib berishga tayyorlanmoqda. Bu haqda “Ryonxap” axborot agentligi xabar bermoqda.
Ma'lum qilinishicha, asli kelib chiqishi janubiy koreyalik bo‘lgan amerikaliklar mehnat lageridan Pxenyan chekkasidagi mehmonxonaga olib kelinganlar va ularni AQShga topshirish rejalashtirilmoqda. Bu aprel boshida, taxmin qilinishicha, AQSh davlat kotibi Mayk Pompeoning Shimoliy Koreyaga norasmiy safaridan keyin yuz bergan.
Ta'kidlanishicha, amerikaliklar alohida-alohida, biroq yaxshi sharoitlarda saqlanmoqdalar, yaxshi boqilmoqdalar, ularga tibbiy yordam ko‘rsatilmoqda va ekskursiyalarga olib borilmoqdalar.
Hibsda ushlab turilgan amerikaliklar josuslik va “dushmanona harakatlar” sodir etish ayblovi bilan ushlanganlar.
2017 yilda Shimoliy Koreya AQShga amerikalik talaba Otto Vombiyerni qaytarib bergandi. Talaba bir yilcha koma holatida qolgach, o‘ziga kelmay vafot etgandi. U Shimoliy Koreyaga sayyoh sifatida kelgan va mehmonxona devorida osig‘liq turgan siyosiy plakatni yulib tashlamoqchi bo‘lgani uchun 15 yilga ozodlikdan mahrum etilgandi.
Mavzuga oid
22:32 / 28.12.2025
BMTning vazifasini AQSh bajarmoqda – Tramp
19:11 / 28.12.2025
Xitoy AQShning 20ta kompaniyasiga qarshi sanksiya kiritdi
15:14 / 27.12.2025
Xitoy Tayvan tufayli AQShga qarshi sanksiyalar joriy qildi
14:06 / 27.12.2025