Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Uzbek Tigers WSB seriyasidagi ishtirokini yakunladi
Boks bo‘yicha Uzbek Tigers jamoasi Butunjahon boks seriyalari (WSB)ning sakkizinchi mavsumini yakunladi.
Musobaqa rasmiy saytining xabar berishicha, kecha turnirning pley-off bosqichi formati tasdiqlangan va unda oldin yillardagiga nisbatan o‘zgarish qilingan. Endilikda faqatgina guruhda g‘olib bo‘lgan jamoalar bahslarni davom ettirishadi. O‘zbekiston sharafini himoya qilayotgan Uzbek Tigers jamoasi esa guruhda ikkinchi o‘rinni egallagan va chorak finalda kimga raqib bo‘lishini kutayotgandi, ammo bu mavsumda chorak final bahslari o‘tkazilmaydigan bo‘ldi.
Endilikda yarim finalda «British Lionhearts» - «Astana Arlans» hamda «France Fighting Roosters» - «Cuba Domadores» jamoalari kurash olib boradigan bo‘lishdi.
Dastlabki janglar 18-19 may, javob bellashuvlari esa 25-26 may kunlari o‘tkaziladi.
Mavzuga oid
07:17 / 24.05.2026
Shahram G‘iyosov professional boksda ilk bor mag‘lubiyatga uchradi
20:43 / 27.04.2026
Sobiq jahon chempionlari Fyuri va Joshua jang haqida kelishib oldi
00:24 / 02.03.2026
O‘zbekistonlik bokschilar "Stranja-2026" musobaqasida 7 ta oltin medalni qo‘lga kiritishdi
10:01 / 22.02.2026