Jahon | 10:28 / 03.05.2018
4622
1 daqiqa o‘qiladi

Janubiy koreyaliklarning qanchasi KXDR yadrosizlanishiga ishonayotgani aytildi

Foto: AP

Janubiy Koreya aholisining aksariyati KXDR to‘la yadrosizlanishiga ishonmoqda. Bundan RealMeter mahalliy reyting agentligi tomonidan e'lon qilingan ma'lumotlar darak beryapti.

Uning ma'lumotlariga ko‘ra, so‘rovda qatnashganlarning 71,4 foizi KXDR yadro qurolidan butunlay, ortga qaytarib bo‘lmas va tekshiriluvchi tarzda voz kechishga tayyor ekaniga ishonmoqda. Bu o‘tgan hafta Pxanmunjomda ikki davlat rahbarlari o‘zaro kelishib olganidek ro‘y berishi kerak.

Janubiy Koreya aholisining 18,2 foizi yadrosizlanishga ishonmayapti. Yana 10,4 foiz bir qarorga kela olmagan.

So‘rov 2 may kuni o‘tkazildi, taxminan 500 kishi so‘rov bo‘yicha javoblarni to‘la taqdim etgan.

 

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid