Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiya TIV Tereza Meyni yolg‘onchilikda aybladi
Rossiya Tashqi ishlar vazirligi rasmiy vakili Mariya Zaxarova feysbukdagi sahifasida Britaniya bosh vaziri Tereza Mey hukumatini yolg‘onchilikda aybladi. Bu haqda RIA «Novosti» xabar bermoqda.
«Tuman tarqalmoqda va Tereza Mey hukumatining ko‘plab yolg‘onlari oshkor bo‘lmoqda. Tereza Mey hukumatining birinchi yolg‘oni shundaki, britaniyalik ekspertlar GRU sobiq polkovnigi Sergey Skripal va uning qizi Yuliyani zaharlashda qo‘llangan kimyoviy modda qaysi davlat ishlab chiqarilganini aniqlashmagan. Buni Porton-Daun laboratoriyasi rahbari ham rasman rad etdi», - deya yozgan Zaxarova.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Rossiyada Skripallarni zaharlashga sabab bo‘lgani haqidagi bayonotlar asossiz. Bu Rossiya Buyuk Britaniya tomonidan «xalqaro huquq, etika va odob-axloq normalari o‘z manfaatlari yo‘lida chetlab o‘tilayotgani»ni ko‘rsatganidan so‘ng yuz berdi. Shuningdek, «Londonga juda manfaatli bo‘lgan ushbu provokatsiya sabablariga doir aniq holatlar ham ko‘rsatildi».
«Tereza Mey hukumatining uchinchi yolg‘oni shundaki, «Novichok» go‘yoki faqat Rossiyada ishlab chiqariladi, bugun bu bayonotni Chexiya prezidenti rad etdi, u o‘z mamlakatida ushbu zaharlovchi modda ishlab chiqilganini tasdiqladi», - deya qo‘shimcha qilib o‘tdi Zaxarova.
Shuningdek uning ta'kidlashicha, «Londonning boshqa yolg‘onlari bilan ham shunday bo‘ladi».
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Rossiya tashqi siyosat idorasi rahbari Sergey Lavrov Skripal bo‘yicha yangi bayonot bergandi.
Mavzuga oid
13:17
Ukrainaning 40 kunlik ta’sir amaliyoti: urush burilish nuqtasidami?
18:12 / 28.06.2026
Moskvaliklar benzin uchun navbat kutmoqda – suratlar
10:40 / 27.06.2026
Aviayonilg‘i taqchilligi: Rossiya importni keskin ko‘paytirdi
20:27 / 26.06.2026