«Rossiya tomonini, birinchi navbatda, Skripallar sog‘lig‘i va xohish-istaklari bezovta qilmoqda. Ular angliyaliklar tomonidan bu provokatsiyaga qamrab olindi. Buyuk Britaniya hukumatining konsullik kirilishiga rad javobi ro‘y bergan holatni odam o‘g‘irlash yoki atayin yakkalatib qo‘yish sifatida ko‘rishga sabab beradi. Bu umuman qabul qilib bo‘lmas», - deya ma'lum qildi Lavrov.
Vazirning ta'kidlashicha, Rossiya Birlashgan Qirollik bilan aniq o‘zaro harakatlarga tayyor.
«London tegishli xalqaro mexanizmlar doirasida ekspertlar professional ishini bo‘sh bayonotlar hamda «karnayli» diplomatiya bilan almashtirmoqda», - deya qo‘shimcha qilib o‘tgan Lavrov hozirgi vaziyatga izoh berib.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Lavrov AQSh va G‘arb davlatlarini yana ayblab chiqqandi.











