O‘zbekiston | 11:47 / 04.05.2018
3445
1 daqiqa o‘qiladi

Toshkentning Yunusobod va Uchtepa tumanlarida yangi oilaviy poliklinikalar quriladi

Foto: KUN.UZ

Poytaxt aholisiga sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatish, kasalliklar profilaktikasi, patronaj hamda ona va bola salomatligini saqlash borasida qulayliklar yaratish maqsadida joriy yilda Toshkent shahrining Yunusobod tumanida har biri 250 o‘rinli 2ta va Yashnobod va Uchtepa tumanlarida 1tadan 250 o‘rinli zamonaviy oilaviy poliklinikalar quriladi. Bu haqda Toshkent shahar hokimligi axborot xizmati xabar berdi.

Shu maqsadda Toshkent shahar hokimining qarori bilan Yunusobod va Yashnobod tumanlaridan oilaviy poliklinikalar qurilishi uchun yer uchastkalari ajratib berilgan.
        
Misol uchun, Yunusobod tumanida 326 600, Yashnobod tumanida 227 800 aholi istiqomat qiladi va ularga 2ta markaziy ko‘p tarmoqli hamda 14ta oilaviy poliklinika xizmat ko‘rsatadi.

Oilaviy poliklinikalar zamonaviy, energiyatejamkor, yangi shaharsozlik talablari asosida barpo etiladi va jihozlanadi.
 

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid