Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQSh dengizda “raqobat” kuchaygani sababli ikkinchi flotini tikladi
AQSh 2011 yilda tarqatib yuborilgan ikkinchi flotini tikladi. AQSh harbiy-dengiz kuchlarining bayonotida bu dengizda “yetakchi davlatlar raqobati”ga javoban amalga oshirilgani aytilgan.
“Milliy mudofaaning yangilangan strategiyasi biz yetakchi davlatlar raqobati davriga qaytganimizdan darak bermoqda, xavfsizlik sohasi murakkablashib bormoqda va oldimizga borgan sari ko‘proq sinovlar qo‘ymoqda. Bunga javoban biz bugun ikkinchi flotni qarshi qo‘yamiz”, deb aytgan AQSh harbiy-dengiz kuchlari bosh qo‘mondoni, admiral Jon Richardson.
Tiklangan flotning javobgarlik hududiga Atlantikaning shimoliy qismi va AQShning sharqiy sohili kiradi.
Ikkinchi flot 1950 yildan 2011 yilgacha mavjud bo‘lgan va Atlantika okeanining Shimoliy qutbdan Karib dengizigacha qismiga javob bergan.