Jahon | 07:24 / 05.05.2018
12439
2 daqiqa o‘qiladi

Dunyodagi eng serqatnov aviayo‘nalishlar ma'lum qilindi

Foto: RIA Novosti/Aleksandr Vilf

Britaniyaing OAG kompaniyasi tahlilchilari dunyodagi eng serqatnov 20 ta aviayo‘nalishdan iborat reytingni tuzishdi. Unga ko‘ra, Singapurdan Kuala-Lumpurga yo‘nalish eng serqatnov aviayo‘nalish deb topildi: 2017 yilning fevralidan 2018 yil fevraligacha bu yo‘nalish bo‘yicha 30,5 mingdan ko‘proq parvoz amalga oshirilgan.

Ma'lum qilinishicha, eng serqatnov 20 ta aviayo‘nalishdan 14 tasi Osiyo bo‘ylab o‘tadi yoki Osiyodan boshqa qit'alarga cho‘ziladi. 2-o‘ringa Hongkongdan Taybeyga yo‘nalish (yiliga 28,8 mingdan ko‘proq parvoz), 3-o‘ringa Singapurdan Jakartaga yo‘nalish (23,7 mingdan ko‘proq parvoz) qo‘yilgan.

Ro‘yxatga ko‘ra, Osiyo tashqarisidan o‘tuvchi 5 ta eng serqatnov yo‘nalish bor. Bular: Nyu-York (La-Guardiya aeroporti) — Toronto, Dubay — Kuvayt, Dublin — London (Xitrou), Amsterdam — London (Xitrou) va Chikago — Toronto.

Nyu-Yorkning Jon Kennedi nomidagi aeroportidan Londonning Xitrou aeroportigacha yo‘nalish bu ro‘yxatga kiritilgan yagona uzoq masofali yo‘nalish bo‘lgan.

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid