Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Keniyada suv toshqinlari oqibatida qurbonlar bo‘lganlar soni aytildi
Xalqaro Qizil Xoch qo‘mitasining Keniyadagi bo‘linmasi mamlakatda so‘nggi bir oy ichida yuz bergan suv toshqinlari oqibatida qancha odam halok bo‘lganini ma'lum qildi, deb xabar beryapti CNN.
Tashkilot ma'lumotlariga ko‘ra, tabiiy ofat natijasida kamida 100 kishi halok bo‘ldi va taxminan 260 ming kishi o‘z uyini tark etishga majbur bo‘lgan.
Qizil Xochdan qo‘shimcha qilishlaricha, mamlakat hukumati jabrlanganlarni xavfsiz tumanlarga olib o‘tishni davom ettirmoqda.
Mamlakatda kuchli yomg‘irlar bir oy muqaddam kuzatilgandi. O‘shandan beri Keniyadagi qishloqlar suvga to‘lishda davom etyapti. Uylar, fermalar, yo‘llar va infratuzilmaning boshqa obektlari aksariyat qismi suv toshqinlari tufayli vayron bo‘ldi.
Mavzuga oid
09:12 / 27.05.2026
O‘zbekistonda 5 ta sel-suv ombori quriladi
22:02 / 06.05.2026
“Yana ozgina yomg‘ir yog‘sa, favqulodda holat vujudga kelardi” – shaharsoz
14:48 / 30.03.2026
Bitta «malika» 220 dollar. Keniyada noqonuniy chumoli savdosi avj oldi
10:05 / 17.03.2026