O‘zbekiston | 10:29 / 05.05.2018
11261
1 daqiqa o‘qiladi

Qirg‘iziston janubida yashovchi O‘zbekiston fuqarolari uchun sayyor qabul o‘tkaziladi

Foto: karven-resort

O‘zbekiston Respublikasining Bishkek shahridagi elchixonasi xabariga ko‘ra, 2018 yilning 11-12 may kunlari O‘sh shahrida Qirg‘iziston Respublikasining O‘sh, Jalolobod va Botken viloyatlari hududida vaqtinchalik yoki doimiy yashovchi O‘zbekiston fuqarolari uchun sayyor konsullik qabuli bo‘lib o‘tadi. Bu haqda TIV axborot xizmati xabar berdi.

Sayyor konsullik qabuli Qirg‘iziston Respublikasi hukumatining O‘sh shahridagi vakolatli vakilligi binosida bo‘lib o‘tadi.

Qayd etilishicha, fuqarolarni qabul qilish (0312) 98-62-96 telefon raqami orqali yoki elchixona veb-saytidagi elektron tizimida oldindan ro‘yxatga olish orqali amalga oshiriladi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid