Jahon | 10:03 / 05.05.2018
9945
1 daqiqa o‘qiladi

Makkeyn saraton bilan yana qancha yashashini bilmasligini aytdi

Foto: CNN

Amerikalik senator Jon Makkeynning ma'lum qilishicha, bosh miya saratoni bilan yana qancha yashashini aniq bilmayapti.

Bu haqda uning kitobidan olingan parchalarda so‘z yuritiladi, ular CNN tomonidan e'lon qilindi.

«Ehtimol, menda yana besh yil vaqt bordir, balki, onkologiyadagi rivojlanish mendagi saraton turini davolashning yangi usulini ochishga imkon berar va mening umrimni uzaytirar. Ehtimol, siz shu so‘zlarni o‘qiyotgan paytingizda men dunyodan o‘tgan bo‘laman», - deyiladi uning kitobida.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Jon Makkeynning ichagi jarrohlik amaliyotidan o‘tkazilgani xabar qilingandi.

Shuningdek, xabarda aytilishicha, siyosatchi so‘nggi oylarda Arizona shtatidagi o‘z uyida fizioterapiyadan o‘tmoqda – bu bosh miya saratonini davolash uchun talab etildi. 

 

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid