Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Makron Tramp siyosati sababli Eron bilan urush chiqishi xavfidan ogohlantirdi
Foto: Alex Edelman/POOL/EPA-EFE/REX/Shutterstock
AQSh prezidenti Donald Trampning Eron bilan yadroviy bitimdan voz kechishi urushga olib kelishi mumkin. Bunday fikrni Fransiya prezidenti Emmanuel Makron Spiegel nashriga bergan intervyusida aytib o‘tdi.
“Bu Pandora qutisini ochib yuborishimizni anglatadi, urush chiqishi mumkin”, deb aytgan Makron.
Shu bilan birga Makron Tramp yangi ixtilofni boshlashga intilmayotganini aytgan. “Donald Tramp urush boshlashni istamoqda, deb o‘ylamayman”, deb ta'kidlab o‘tgan Makron.
Tramp Buyuk Britaniya, Germaniya va Fransiya bilan munozaradan keyin 12 maygacha Vashington Tehron bilan yadroviy bitimda qolishi yoki qolmasligini e'lon qilishi kerak. “Eron bilan yadroviy bitimni ko‘rib chiqish to‘g‘risida”gi qonun doirasida Tramp har 90 kunda Erondan sanksiyalar olish tartibini uzaytirishi yoki uzaytirmasligi kerak.
Mavzuga oid
11:06 / 12.02.2026
AQSh–Eron o‘rtasidagi keskinlik sabab neft narxlari oshyapti
16:17 / 11.02.2026
Netanyahu yana AQShga kelyapti: “Eron masalasi” kun tartibida
09:21 / 11.02.2026
Tramp Eronga “juda qattiq choralar” va yana bir aviatashuvchi bilan tahdid qilmoqda
08:22 / 09.02.2026