Jahon | 08:26 / 07.05.2018
23734
2 daqiqa o‘qiladi

Jirafa nomdor kinorejissyorning o‘limiga sabab bo‘ldi

Kinorejissyor Karlos Karvalo JARda filmni suratga olish vaqtida jirafaning zarbasidan keyin halok bo‘ldi.  Bu haqda The Sun nashri xabar bermoqda. 

Foto: MIKE BEHR

Karvalo sayyohlar yovvoyi tabiatni tomosha qilgani keladigan mahalliy fermalardan birida hayvonlarni yirik planda suratga olayotgan bo‘lgan. Lahzalardan birida rejissyor yoniga jirafa yaqinlashib, rejissyorga boshi bilan shunday zarba berganki, u bir necha metrga otilib ketgan.

“Men Karlos yonida turganimda, jirafa to‘satdan bo‘ynini silkitib, uning boshiga zarba berdi. Karvalo zarbadan 4-5 metr nariga otilib ketdi”, deb aytgan voqea guvohi, operator Dirk van der Merv.

Shundan keyin rejissyor Yoxannesburgdagi shifoxonaga olib ketilgan, biroq olingan jarohatlardan vafot etgan.

Ferma egalari jirafaning bunda aybi yo‘qligini va rejissyor xavfsizlik qoidalarini inobatga olmaganini ta'kidlashmoqda.

Karvalo o‘zining yovvoyi tabiat haqidagi filmlari bilan tanilgan bo‘lib, bir nechta nufuzli mukofotlar, jumladan “Kumush sher” va Afrika kinematografiya akademiyasining mukofoti bilan taqdirlangan. 

Foto: MIKE BEHR
Foto: MIKE BEHR
Foto: MIKE BEHR

 

Mavzuga oid