Kinorejissyor Karlos Karvalo JARda filmni suratga oliş vaqtida jirafaning zarbasidan keyin halok böldi.  Bu haqda The Sun naşri xabar bermoqda. 

Foto: MIKE BEHR

Karvalo sayyohlar yovvoyi tabiatni tomoşa qilgani keladigan mahalliy fermalardan birida hayvonlarni yirik planda suratga olayotgan bölgan. Lahzalardan birida rejissyor yoniga jirafa yaqinlaşib, rejissyorga boşi bilan şunday zarba berganki, u bir neça metrga otilib ketgan.

“Men Karlos yonida turganimda, jirafa tösatdan böynini silkitib, uning boşiga zarba berdi. Karvalo zarbadan 4-5 metr nariga otilib ketdi”, deb aytgan voqea guvohi, operator Dirk van der Merv.

Şundan keyin rejissyor Yoxannesburgdagi şifoxonaga olib ketilgan, biroq olingan jarohatlardan vafot etgan.

Ferma egalari jirafaning bunda aybi yöqligini va rejissyor xavfsizlik qoidalarini inobatga olmaganini ta'kidlaşmoqda.

Karvalo özining yovvoyi tabiat haqidagi filmlari bilan tanilgan bölib, bir neçta nufuzli mukofotlar, jumladan “Kumuş şer” va Afrika kinematografiya akademiyasining mukofoti bilan taqdirlangan. 

Foto: MIKE BEHR
Foto: MIKE BEHR
Foto: MIKE BEHR