Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQSh va Meksika yadro energiyasi bo‘yicha hamkorlik qilishga kelishib oldi
Amerika Qo‘shma Shtatlari va Meksika yadro energiyasidan tinch maqsadda foydalanish to‘g‘risidagi kelishuvni imzoladi. Bu haqda RIA «Novosti» Meksika TIV va Energetika vazirligi bayonotiga asosan xabar bermoqda.
«Bu Meksikaga ko‘plab yangi texnologiyalardan foydalanish imkonini beradi, ular bizning ishlab chiqarish sektorlarimiz rivoji va ijtimoiy taraqqiyotga turtki bo‘ladi. Masalan, ishonchli toza energiya yaratilishiga qadam qo‘yiladi, shuningdek sog‘liqni saqlash va qishloq xo‘jaligi sohalarida yadro hamda radiologik texnologiyalardan foydalaniladi», - deyiladi Meksika TIV bayonotida.
Ta'kidlanishicha, hujjat har ikki davlat qonunchilik organlari tomonidan ratifikatsiya qilinishi lozim.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Rossiya TIV rahbari Sergey Lavrov AQSh Eron bo‘yicha yadroviy kelishuvdan chiqsa, dunyo yadro qurolini tarqatmaslik bo‘yicha eng muhim hujjatlardan birini yo‘qotishi haqida ma'lum qilgandi.