Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Amerikalik o‘quvchi 113 ta oliy ta'lim muassasasiga o‘qishga qabul qilindi
Foto: The New York Times
AQShda 17 yoshli o‘quvchi qiz Jasmin Xarrison 113 ta oliy ta'lim muassasasiga o‘qishga qabul qilindi, vaholanki ba'zi universitetlarda o‘qishga kirish arizasini topshirish uchun 90 dollar to‘lash kerak bo‘lgan. Agar qiz shu oliy ta'lim muassasalarining hammasida o‘qiganda umumiy hisobda yiliga 4,5 mln dollar stipendiya olgan bo‘lardi. Bu haqda The New York Times nashri xabar bermoqda.
Ta'kidlanishicha, qiz Shimoliy Karolinada joylashgan maktabni eng yuqori ballar bilan yakunlamoqda. U onasi bilan birga o‘qishga kirishga ariza blanklarini to‘lg‘azish uchun uyqusiz tunlarni o‘tkazishlariga to‘g‘ri kelgan. Qizning aytishicha, u ba'zida bundan shunchalik toliqqanki, qo‘shiqlar aytib o‘zini chalg‘itishga harakat qilgan.
Qiz oxir natijada unga o‘qishni taklif qilgan 113 ta o‘quv muassasasidan birini – “Bennet” kollejini tanlagan. U yangi tug‘ilgan chaqaloqlar intensiv terapiya bo‘limida hamshiralikka o‘qishga qaror qilgan.
Mavzuga oid
09:22
Tramp ma’muriyati: Minnesotadagi reydlar yakunlandi
23:24 / 12.02.2026
Rossiya Trampning tahdidlariga qaramay, Kubaga neft yetkazib berishga qaror qildi
22:21 / 12.02.2026
AQSh Venesuelaning «neft karantini» tugaganini e’lon qildi
17:59 / 12.02.2026