Jahon | 08:06 / 08.05.2018
5387
1 daqiqa o‘qiladi

«Hamma tashvishda». Jonson AQShning yadro kelishuvi bo‘yicha qadamlaridan xavotirda

Foto: RIA Novosti

Buyuk Britaniya TIV rahbari Boris Jonson AQShning Eron bilan yadro kelishuvidan chiqishi ehtimoliga izoh berdi. U bu haqda MSNBC telekanaliga bergan intervyusida aytib o‘tgan.

«Men hamma bu kelishuv tufayli tashvishda ekanini yaxshi tushunaman. Albatta, ular haq, kelishuv ideal holatdan ancha uzoq, biroq, bu bizda bor bo‘lgan variantlarning eng yaxshisi», - deya ta'kidlab o‘tdi Jonson.

Uning umid bildirishicha, Buyuk Britaniya, Fransiya va Germaniya AQSh prezidenti Donald Trampni yadro kelishuvini hozirgi ko‘rinishda saqlab qolishga ko‘ndira oladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Boris Jonson Eron yadro dasturi bo‘yicha kelishuvdan voz kechish xato bo‘lishi haqida ma'lum qilgandi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid