Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Bugun Tramp Eron bilan yadroviy bitim bo‘yicha qarorini e'lon qiladi
AQSh prezidenti Donald Tramp 8 may kuni AQSh Eron bilan 2015 yilda tuzilgan yadroviy bitimni uzaytirishi yoki undan chiqishini e'lon qiladi.
“Men Eron bilan bitim bo‘yicha qarorimni Oq uyda soat 14da e'lon qilaman”, deb yozgan Tramp tvitterda. Bundan Tramp ushbu qarorini Toshkent vaqti bilan soat 23.00da e'lon qilishi kelib chiqadi.
Eron va xalqaro vositachilar oltitaligi 2015 yilda Eron atom muammosini tartibga solish bo‘yicha tarixiy kelishuvga erishgandilar. Unga ko‘ra, Eronning bajarishi undan iqtisodiy va moliyaviy sanksiyalarni oladigan harakatlar rejasi qabul qilingandi.
Tramp prezident bo‘lib saylangungacha ham ushbu bitimni keskin tanqid qilib kelgan. Tramp uni “tarixdagi eng yomon bitim” deb atab, uni to‘g‘rilashning iloji bo‘lmasa, AQSh undan chiqib ketishi mumkinligini aytgan.
Mavzuga oid
09:45
Eronning milliardlab dollarlik mablag‘lari atrofida bahs kuchaydi
09:05
Pokiston: AQSh va Eron kelishuv matni bo‘yicha kelishib oldi
20:03 / 12.06.2026
Eron AQSh bilan kelishuv doirasida tiklanish uchun 300 milliard dollar talab qildi
18:05 / 12.06.2026