Jahon | 14:06 / 08.05.2018
9940
2 daqiqa o‘qiladi

Dushanbeda ikki kishi 50 kg geroin bilan ushlandi 

Tojikiston IIVning Dushanbe shahri bo‘yicha Ichki ishlar boshqarmasi xodimlari tomonidan taxminan 50 kg geroin olib qo‘yildi. Giyohvand moddalarning noqonuniy aylanmasida gumonlanib ikki kishi qo‘lga olindi.

IIVning Dushanbedagi Boshqarmasi matbuot markazi xabariga ko‘ra, militsiyaga poytaxt hududiga narkotiklarning yirik partiyasi olib kirilishi haqida tezkor ma'lumot kelib tushgan.

Foto: Tojikiston IIV

Tezkor xodimlar “Niva” markali avtomashinani kuzatuvga olishgan, uning ichida Xoroga shahrida yashovchi ikki shaxs bo‘lgan. 

Foto: Tojikiston IIV

Erkaklar “Niva”dan “Shoxona” yozuvli qutilarni olib, boshqa bir avtomobilga solishayotganida qo‘lga olindi.

Tezkor xodimlar qutilarda giyohvand moddalarning yirik partiyasini, jumladan 45 kg geroin va taxminan 3 kg opiumni aniqlashdi. Olib qo‘yilgan giyohvand moddalarning umumiy og‘irligi 47 kg 690 grammni tashkil etdi, deb xabar qilmoqda Avesta. 

 

Mavzuga oid