Tojikiston IIVning Duşanbe şahri böyiça Içki işlar boşqarmasi xodimlari tomonidan taxminan 50 kg geroin olib qöyildi. Giyohvand moddalarning noqonuniy aylanmasida gumonlanib ikki kişi qölga olindi.

IIVning Duşanbedagi Boşqarmasi matbuot markazi xabariga köra, militsiyaga poytaxt hududiga narkotiklarning yirik partiyasi olib kirilişi haqida tezkor ma'lumot kelib tuşgan.

Foto: Tojikiston IIV

Tezkor xodimlar “Niva” markali avtomaşinani kuzatuvga olişgan, uning içida Xoroga şahrida yaşovçi ikki şaxs bölgan. 

Foto: Tojikiston IIV

Erkaklar “Niva”dan “Şoxona” yozuvli qutilarni olib, boşqa bir avtomobilga solişayotganida qölga olindi.

Tezkor xodimlar qutilarda giyohvand moddalarning yirik partiyasini, jumladan 45 kg geroin va taxminan 3 kg opiumni aniqlaşdi. Olib qöyilgan giyohvand moddalarning umumiy oğirligi 47 kg 690 grammni taşkil etdi, deb xabar qilmoqda Avesta.