O‘zbekiston | 11:11 / 08.05.2018
11085
2 daqiqa o‘qiladi

Qonliko‘lda «Arba» agro etnik sayyohlik maydoni qurilmoqda (foto)

Qonliko‘l tumani hokimligining tashabbusi bilan yosh jurnalistlar uchun tumanga media-tur tashkil etildi. Media-tur doirasida jurnalistlar «Arba» agro etnik turistik maydoniga tashrif buyurishdi, deb xabar qilmoqda Kruz.

Foto: Kruz.uz
Foto: Kruz.uz

Tuman hokimining o‘rinbosari Qural Abdikarimov yangi barpo etilayotgan turistik joy haqida ma'lumot berib o‘tdi. «Bu joyda qoraqalpoqcha, turkmancha, qozoqcha o‘tov(qor uy)lar bor. Karavotlar esa o‘zbekcha. Bu maydonchani «Xalqlar do‘stligi» deb atamoqchi edik. Lekin bu uzunroq nom. Bundan tashqari turistlarning ham yodlarida qolishi qiyin. Shuning uchun milliy nom «Arba» yodimizga keldi va shu nomda to‘xtaldik. Bu nom hammaning yodida qoladi. Arvaning pasti bir xonali joy. Yo‘lda mototsikl va velosipedda ko‘p turistlar o‘tishadi. Ular kelib dam olib ketishlari mumkin.

Foto: Kruz.uz

Oldinda sahna bor. Maydonchaning ochilish marosimi 25-26 may kunlariga belgilangan. Maydonchada yevro narsalar bo‘lmaydi. Hammasi tabiiy o‘zimizniki. Tuyalarni olib keldik. Ot ham olib kelish niyatidamiz», - dedi Q.Abdikarimov.

Foto: Kruz.uz
Foto: Kruz.uz
Foto: Kruz.uz

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Qonliko‘lda noodatiy Kitob esdaligi barpo etilgani xabar berilgandi.

Mavzuga oid