Qonliköl tumani hokimligining taşabbusi bilan yoş jurnalistlar uçun tumanga media-tur taşkil etildi. Media-tur doirasida jurnalistlar «Arba» agro etnik turistik maydoniga taşrif buyurişdi, deb xabar qilmoqda Kruz.
Tuman hokimining örinbosari Qural Abdikarimov yangi barpo etilayotgan turistik joy haqida ma'lumot berib ötdi. «Bu joyda qoraqalpoqça, turkmança, qozoqça ötov(qor uy)lar bor. Karavotlar esa özbekça. Bu maydonçani «Xalqlar döstligi» deb atamoqçi edik. Lekin bu uzunroq nom. Bundan taşqari turistlarning ham yodlarida qolişi qiyin. Şuning uçun milliy nom «Arba» yodimizga keldi va şu nomda töxtaldik. Bu nom hammaning yodida qoladi. Arvaning pasti bir xonali joy. Yölda mototsikl va velosipedda köp turistlar ötişadi. Ular kelib dam olib ketişlari mumkin.
Oldinda sahna bor. Maydonçaning oçiliş marosimi 25-26 may kunlariga belgilangan. Maydonçada yevro narsalar bölmaydi. Hammasi tabiiy özimizniki. Tuyalarni olib keldik. Ot ham olib keliş niyatidamiz», - dedi Q.Abdikarimov.
Eslatib ötamiz, avvalroq Qonlikölda noodatiy Kitob esdaligi barpo etilgani xabar berilgandi.
















