Xitoyning Yanszi daryosi qirğoğidagi qoya kutilmaganda diqqatga sazovor joyga aylandi: sönggi paytlarda u yerga sayyohlar oqimi köpaymoqda. Bunga sabab şuki, ijtimoiy tarmoq foydalanuvçilari hayratlanarli öxşaşlikni aniqladi — qoyaning şakli it boşiga öxşab ketadi, deb yozmoqda Associated Press.

Yanvar oyi oxirida şanxaylik dizayner Go Tsinşan Hubey provinsiyasidagi özi tuğilgan Içan şahri yaqinida sayr qilgan. Keyinroq dizayner toğ bağrida olgan suratlarini közdan keçirar ekan, ulardan birida aks etgan qoya ğamgin kuçuk bolasini eslatişini payqadi. Go ilgari heç qaçon bu öxşaşlikni sezmagan edi. Tsinşan suratni Xitoyning RedNote ijtimoiy tarmoğida ulaşdi va qoyani “Kuçuklar toği” deb atadi.

“Kuçukça xuddi suv içayotgandek yoki baliqlarni tomoşa qilayotgandek turardi. U göyoki Yanszi daryosini xotirjam qöriqlayotganga öxşardi”, — deb ta’kidladi Go.

Ijtimoiy tarmoqning boşqa foydalanuvçilari ham bu öxşaşlikni payqadi — Goning posti ön kun içida 120 mingta layk töpladi. Weibo platformasida esa xitoyça “Kuçuklar toği” ma’nosini anglatuvçi #xiaogoushan xeştegi millionlab körildi.

Foydalanuvçilar öz itlarini qoyadagi şakl bilan taqqoslamoqda. Boşqalari esa töğridan töğri Içanga borib, toğ fonida itlarini suratga olmoqda.