Naşrda joriy yilning 31 mart kuni Xöjand şahrida bölib ötgan Özbekiston, Qirğiziston, Tojikiston davlat rahbarlarining uç tomonlama sammiti doirasida "Navröz – mintaqadagi eng qadimiy madaniy-sayyohlik merosi" mavzusida mintaqaviy sayyohlik forum-muloqoti taşkil etilgani ta’kidlangan.

Qayd etilişiça, forumda Özbekiston qöşni davlatlar bilan madaniy, tarixiy, va tabiiy yodgorliklar xilma-xilligi bilan tanişiş imkonini beruvçi yangi sayyohlik yönalişini yaratiş taklifini ilgari surgan.

"Jumladan, Özbekiston, Qirğiziston va Tojikistonning noyob tabiiy qöriqxona, toğ tizimi va köllari, şuningdek, qadimiy şaharlari va boşqa diqqatga sazovor joylariga taşrif buyurişni öz içiga olgan "Farğona vodiysining oltin sayyohlik halqasi"ni yaratiş masalasi körib çiqildi. Şuningdek, anjumanda mamlakatlarimizda ötkaziladigan bayram tadbirlarini birlaştiruvçi "Navröz – Markaziy Osiyo qalbida" deb nomlangan qöşma madaniy-sayyohlik yönalişini taşkil etiş masalasi körib çiqildi", – deyilgan naşrda.

24.kg maqolasida "Navröz qöşni mamlakatlar muştarak tarixining ajralmas qismi, mintaqaning eng muhim sayyohlik va madaniy merosi sifatida Markaziy Osiyoda noyob hamda öziga xos turizmni şakllantirişga asos bölişi mumkin", – deb yozilgan.